Pechdan foydalanish

Pechdan foydalanish

Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-11

Xantal sousi qo'shilgan

500-600 g

250 g cho‘chqa lahmi, 1 ta sabzi, 1 ta piyoz, 1 qoshiq

 

cho'chqa bo'yni

 

un, 2 qoshiq donador xantal, 100 g quyuq smetana,

 

 

 

150 ml aralashtirilgan bulyon, tuz, ta’bga qarab

 

 

 

murch

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Lahmni yuvib, quriting va mayda kesing, gulyash qilishga moslangan o‘lchamda. Piyoz va sabzini archib, yo‘g‘on qalamcha qilib kesing va go‘sht bilan kosaga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng

ularni oling. Go‘shtga qaylani quyib, aralashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Qaylani tayyorlash: smetanani xantal, un va bulyon bilan alohida aralashtiring, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.

1-12

Sabzavotlar bilan pishirilgan

300-400 g

1 ta kichkina gulmohi filesi, ½ sabzi (qaynatib

 

forel

 

olingan), 2 ta rayhon shoxchasi, 1 ta piyozcha, 1 ta

 

 

 

pomidorcha, ½ limon, 1 qoshiq sabzavot yog‘i, tuz,

 

 

 

ta’bga ko‘ra murch

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Sabzi va piyozni yupqa to‘g‘rang, pomidorni halqa-halqa qilib to‘g‘rang. Rayhon barglarini ajrating. Gulmohi filesini tarelkaga yoyib, tuz va murch qo‘shing. Tayyorlangan sabzavotlarni ustidan yoyib chiqing (avval sabzini, keyin qolgan masalliqlarni qatlam-qatlam qilib.) Baliqni yog‘ga botirib olib, ustidan qirilgan limon etini seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.

20  O'zbek

Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-13

Qotirilgan tuxum qo'shilgan

600-650 g

500 g mol go‘shti qiymasi, 3 qaynatilgan tuxum,

 

go'shtli rulet

 

2 chimdim yanchilgan qalampir, 1 chimdim oq

 

 

 

murch, 2 chimdim yanchilgan kinza, ta’bga ko‘ra tuz

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Qiyma go‘shtni chuqur kosaga solib, ziravorlar va tuz qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Qiyma go‘shtni yaxshilab ezg‘ilang. Shunda qiyma elastikroq bo‘ladi. Qiyma go‘shtdan diametri 15 sm bo‘lgan bir xil yupqa kotletlar yasang. Har bir kotlet ustiga bittadan qaynatilgan tuxum qo‘ying. Chekkasi o‘tkir bo‘lgan dumaloqlar yasang va ustiga qalampir seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.

1-14

Tez pishiriladigan do'lma

450-500 g

200 g aralash qiyma go‘sht, 140 g karam, 1 ta piyoz,

 

 

 

50 g qaynatilgan guruch, 1 stakan bulyon, 1 stakan

 

 

 

suv, 60 g smetana, 2 qoshiq tomat pastasi, 1 qoshiq

 

 

 

un, tuz, ta’bga ko‘ra murch, ko‘katlar

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Karam va archilgan piyozni mayda kubik qilib to‘g‘rang. Qiyma go‘shtga to‘g‘ralgan sabzavotlar va guruchni qo‘shib, tuz va murch qo‘shib, aralashtiring. Qiymadan mayda cho‘zinchoq dumaloqlar yasab, qolipga soling, ustidan bulyon quying. Baland taglikka solib, mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganida chiqarib olib, karam do‘lmalarni smetanali qaylaga botiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga ko‘kat seping.

Qaylani tayyorlash: Alohida kosada smetanani suv va tomat pastasi bilan aralashtiring, unni qo‘shib, ta’bga ko‘ra tuz va murch seping.

MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 20

2017-11-29 ￿￿ 5:36:11

Page 176
Image 176
Samsung MG22M8074AT/BW manual СТАРТ/+30СЕК BOSHLASH/+30s tugmasini bosing