radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

Pechning ichki va tashqi yuzalari

Pech eshigi va eshik zichlagichlari

Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

(Faqat aylanuvchi patnisli modelda)

DOIM eshik zichlagichlarini toza saqlang va eshikning zich yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Chaying va arting.

2.Pechnin g ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Chaying va arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani pechga qo'ying va o'n daqiqa davomida maksimal quvvatda isiting.

4.Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv TUSHIRMANG. HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:

Ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga

• Eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga

Har bir foydalanishdan keyin kamerani yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang, biroq kuyib qolmaslik uchun avval pech sovishini kuting.

7

O'ZBEK

MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd 7

3/2/2015 9:23:46 PM

Page 139
Image 139
Samsung MG23F301TQR/BW manual Mikrotolqinli Pechni Tozalash, Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving