Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning ":0", "88:88" yoki "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi. Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda

Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni unutmang.

1.Doiraviy shkalani bosing.

Vaqt...

24 soatli formatda.

12 soatli formatda.

2.Vaqtni namoyish qilish turini tanlash uchun Doiraviy shkalani burang. (24S yoki 12S). Shu vaqtda vaqt turini tanlash uchun Doiraviy shkalani bosing.

3. Soatni o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang. Soatni o'rnatish uchun shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing.

4.Daqiqani o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang.

5.O'rnatishni tugallash uchun Doiraviy shkalani bosing.

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.

Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Keyin eshikchani yoping.

1. СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.

Natija: 800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) ko'rsatkichlari namoyish qilinadi:

2. Doiraviy shkalani tegishli quvvat darajasi namoyish qilingunicha burang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing.

3. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

Natija:

4.СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

Natija: Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2)Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.

Agar siz taomni qisqa vaqt ichida eng yuqori quvvat darajasida (800 Vt) isitmoqchi bo'lsangiz, shunchaki tayyorlash vaqtining har 30 soniyasi uchun СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing. Pech darhol ishga tushadi.

04PECHDAN FOYDALANISH

O'zbek - 15

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-03_RU+UK+KK+UZ.indb 15

2017-02-01 ￿￿ 11:39:30

Page 141
Image 141
Samsung MG23H3115NK/BW, MG23H3115NW/BW manual Vaqtni Belgilash, Taom TAYYORLASH/ISITISH, Doiraviy shkalani bosing Vaqt