Umumiy xavfsizlik
Har qanday o‘zgartirish yoki ta’mirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak. Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto‘lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug‘ yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o‘rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar yaqinida, nam, yog‘li, chang yoki
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvofiq yerga to‘g‘ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish uchun muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani shamollating. Elektr shnuriga tegmang. Elektr shnuriga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug‘urib olmang.
Barmog‘ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan sug‘uring va mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki ta’sir o‘tkazmang. Pechni nozik buyumlar ustiga qo‘ymang.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki transformatorlardan foydalanmang. Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo‘ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki pechning orqasidan o‘tsin. Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki shnur shikastlangan bo‘lsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo‘ymang. Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug‘lari pechning qaynoq qismlariga tegishi mumkin, shu sababli tarkibida spirt bo‘lgan taom yoki ichimliklarni isitayotganda ehtiyot bo‘ling.
Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog‘ini qisib olishi mumkin. Eshigini
Mikroto‘lqinga oid ogohlantirish
Ichimliklarni mikroto‘lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi mumkin, shu sababli idishlarni ushlashda ehtiyot bo‘lish lozim. Ichimliklarni olishdan oldin kamida 20 soniyaga qo‘yib qo‘ying. Kerak bo‘lsa, isitish paytida aralashtirib turing. Isitilganidan so‘ng doim aralashtiring.
Kuyib qolganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi amallarni bajaring:
1.Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
2.Unga toza quruq lattani bog'lang.
3.Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Patnis yoki ilgak shikastlanmasligi uchun, taom tayyorlagandan so‘ng darhol suvga solmang.
Pechda yog‘ni dog‘lamang, chunki yog‘ haroratini boshqarib bo‘lmay qolishi mumkin. Natijada yog‘ toshib ketishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin. Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun vaqtni qisqartiring. Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki vakuumdagi idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish xavfi vujudga keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u yetarli darajada soviginicha o'chiq holda qoladi. Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi. Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli pechni o‘rnatish" bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
O'zbek 5
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar