Samsung MC28H5013AW/BW manual Pechdan foydalanish, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili

Models: MC28H5013AW/BW MC28H5013AK/BW

1 176
Download 176 pages 60.12 Kb
Page 146
Image 146

pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish

Isitish

Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)

chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

Mahsulotlarning miqdori va zichligi

Ularning tarkibidagi suvning miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash

Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda pechning ishlashi to'g'risida shubhalar bo'lsa, 42-43-sahifadagi "Nosozliklarni bartaraf etish" bo'limiga qarang.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.

СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing va +30 сек (+30son)

yoki Yuqoriga va Pastga tugmasini kerakli marta bosgan holda

vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga o'rnating.

Natija: Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.

O'zbek - 14

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-04_RU+UK+KK+UZ.indb 14

2017-02-01 ￿￿ 11:36:49

Page 146
Image 146
Samsung MC28H5013AW/BW Pechdan foydalanish, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili, Pechning Togri Ishlashini Tekshirish