NIMADANDIR SHUBHALANSANGIZ YOKI MUAMMO TUG’ILSA, NIMA QILISH KERAK

Agar sizda quyida sanab o’tilgan muammolardan birortasi paydo bo’lsa, ular uchun berilgan tegishli yechimlarni qo’llab ko’ring.

Bu normal holat.

Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug’lik shu’lalari.

Eshikcha perimetri bo’ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug’.

СТАРТ (START) () tugmachasini bosganingizda, pech ishlamayapti.

Pech eshikchasi to’liq yopilganmi?

Taom umuman tayyorlanmayapti.

Tayyorlanish vaqtini to’g’ri belgiladingizmi va СТАРТ (START) () tugmachasini bosdingizmi?

Eshikcha yopilganmi?

Elektr tarmog’idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi? Bu eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan bo’lishi mumkin.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to’g’ri tanlanganmi?

Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?

Pechda vilka yoki boshqa metall predmetni qoldirmaganmisiz?

Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi? Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu normal holat. Ushbu muammoni hal etish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o’rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo’lsa, unda displeydagi ko’rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.

Agar muammoni yuqoridagi yo’riqnomalarni o’qigandan keyin ham hal eta olmagan bo’lsangiz, mahalliy diler yoki SAMSUNG kompaniyasining sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan protsedurada taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini ALBATTA tekshiring.

Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying. Keyin eshikchani yoping.

1. Уровень мощности (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing.

Natija: Quvvatning 750 Vt (taom tayyorlash uchun eng yuqori darajadagi quvvat)

qiymati namoyish qilinadi:

Displeyda quvvatning kerakli darajasi paydo bo’lgunicha Уровень мощности (Quvvat darajasi) tugmachasini bosgan holda kerakli quvvat darajasini o’rnating. Keyingi sahifadagi quvvat darajalariga qarang.

2. 10МИН (10daq), 1МИН (1daq) va 10СЕК (10son) tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini bering.

3.СТАРТ (START) ( ) tugmachasini bosing.

Natija: Pechkada chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi,

tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to’rt marta tovushli signal beradi.

2) Taom tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal

3 marta (bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3)Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Hech qachon bo’sh mikroto’lqinli pechni yoqmang.

11

O'ZBEK

GE73AR_BWT_DE68-04050A-05_UZ.indd 11

2014-07-16 ￿￿ 5:35:06

Page 107
Image 107
Samsung GE73AR/BWT manual Taom TAYYORLASH/ISITISH, Pech eshikchasi to’liq yopilganmi?, Qiymati namoyish qilinadi