Pechdan foydalanish

Mikroto'lqinli pechning ishlash tamoyili

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish

Isitish

Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan

qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.

3.Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'ladi:

Miqdori va zichligi

Tarkibidagi suv miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

DIQQAT

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.

Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.

Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda pechning ishlashi to‘g‘risida shubhalar bo‘lsa, 29-sahifadagi “Nosozliklarni bartaraf etish” bo‘limiga qarang.

IZOH

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 850 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa, suv kechroq qaynaydi.

Pech eshigini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.

Yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosish orqali vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga qo‘ying.

Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.

O'zbek  11

foydalanish Pechdan

MS22M8054AK_BW_DE68-04445T-01_UZ.indd 11

 

 

2017-11-29 ￿￿ 6:24:31