VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektrga ulanganda displeyda ":0", "88:88" yoki "12:00" avtomatik ravishda namoyish qilinadi.

Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda

Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni unutmang.

1.Vaqt...

24 soatli formatda.

12 soatli formatda.

2.Ч (Soat) tugmachasi bilan soatni va МИН (daq) tugmachasi

bilan daqiqalarni o'rnating.

3.Displeyda to'g'ri vaqt namoyish qilinganda soat ishlay

boshlashi uchun yana Часы (Soat) tugmachasini bosing. Natija: Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt

ko'rsatiladi.

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.

Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Keyin eshikchani yoping.

1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing.

Natija: Quvvatning 800 Vt (taom tayyorlash uchun eng yuqori darajadagi quvvat) qiymati namoyish qilinadi:

Displeyda quvvatning kerakli darajasi paydo bo'lgunicha СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosgan holda kerakli quvvat darajasini o'rnating. Keyingi sahifadagi quvvat darajasi jadvaliga qarang.

2. 10МИН (10 daq), 1МИН (1 daq) and 10сек (10 son) tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

3.СТАРТ (Start) tugmasini bosing.

Natija: Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2)Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Hech qachon mikroto'lqinli pechni ichi bo'sh bo'lganida yoqmang.

FOYDALANISH PECHDAN04

O'zbek - 17

GE83K_GE83M_GE83A_BWT_DE68-04283A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 17

 

 

2017-02-01 ￿￿ 11:51:46