MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA BLOKIROVKA QILISH

Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud, u bola yoki pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.

Pechdan blokirovkani istalgan vaqtda olib tashlash mumkin.

1.СТОП (Stop) va Часы (Soat) tugmachalarini bir vaqtda bosing.

Natija : Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab bo'lmaydi).

• Displeyda "L" namoyish qilinadi.

2.Pechdan blokirovkani olib tashlash uchun СТОП (Stop) va

Часы (Soat) tugmalarini bir vaqtda bosing.

Natija: Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.

BUG'DA TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA (FAQAT GE83KR*-*X MODELLARI UCHUN)

Bug'da pishirgich taomni bug'da tayyorlash tamoyiliga asoslanadi va Samsung mikroto'lqinli pechingizda tezkor va sog'lom taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.

Ushbu yordamchi jihoz guruch, makaron mahsulotlari, sabzavotlar kabilarni qisqa vaqtlarda ularning o'zuqaviylik qiymatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash uchun juda mosdir. Mikroto'lqinli pechning bug'da pishirgich jihozlari to'plami quyidagi 3 ta qismlardan tashkil topadi:

FOYDALANISH SHAROITLARI:

Foydalanmang:

tarkibida yuqori darajada shakar yoki yog' bo'lgan taomlarni tayyorlash uchun,

gril yoki aylanma issiqlik funksiyalari bilan birgalikda yoki oshxona plitasida

Ilk marta foydalanishdan avval barcha jihozlarni sovunli suv bilan yaxshilab yuving.

Tayyorlash vaqtlari to'g'risida ma'lumotlar olish uchun keyingi sahifadagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.

TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH:

Bug'da pishirgichni idish yuvgichda yuvish mumkin.

Qo'lda yuvganda issiq suv va idish yuvish uchun suyuqlikdan foydalaning. Abraziv gubkalardan foydalanmang.

Ayrim taomlar (masalan, pomidor) plastik rangini o'chrishi mumkin. Bu tabiiy holat va ishlab chiqarish xatoligi emas.

Jom

Ichki patnis

Qopqoq

Barcha jihozlar -20 °C dan 140 °C gacha bo'lgan haroratlarda foydalanish uchun mo'ljallangan.

Muzlatish kamerasida saqlash uchun juda mos. Ulardan alohida holda yoki birgalikda foydalanish mumkin.

O'zbek - 28

GE83K_GE83M_GE83A_BWT_DE68-04283A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 28

 

 

2017-02-01 ￿￿ 11:51:48