Samsung MS23F301TQW/BW, MS23F301TQR/BW, MS23F302TQS/BW Mikrotolqinli Pechni Saqlash VA Tamirlash

Models: MS23F301TQW/BW MS23F302TQK/BW MS23F302TQS/BW MS23F301TQR/BW

1 160
Download 160 pages 9.22 Kb
Page 127
Image 127

DOIM eshik zichlagichlarini toza saqlang va eshikning zich yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Chaying va arting.

2.Pechnin g ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Chaying va arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani pechga qo'ying va o'n daqiqa davomida maksimal quvvatda isiting.

4.Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv TUSHIRMANG. HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:

ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga

eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga

Har bir foydalanishdan keyin kamerani yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang, biroq kuyib

qolmaslik uchun avval pech sovishini kuting.

Kameraning yuqori qismini tozalaganda pechni 45° pastga qaratib tozalash qulaydir. (Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar uchun)

MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH

Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat

ko'rsatishda bir nechta oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni ishlatish mumkin emas:

Halqalari singan bo'lsa

Zichlagich yemirilgan bo'lsa

• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa

Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa yoki sizni uning holati shubhalantirsa:

Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying

Yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling

7

O'zbek

MS23F301TQW_BW_DE68-04248B-01_RU+UK+KK+UZ.indb 7

2017-02-01 ￿￿ 11:48:33

Page 127
Image 127
Samsung MS23F301TQW/BW manual Mikrotolqinli Pechni Saqlash VA Tamirlash, Qolmaslik uchun avval pech sovishini kuting