1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Chaying va arting.

2.Pechnin g ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Chaying va arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani pechga qo'ying va o'n daqiqa davomida maksimal quvvatda isiting.

4.Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv TUSHIRMANG. HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:

ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga

eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga

Har bir foydalanishdan keyin kamerani yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang, biroq kuyib qolmaslik uchun avval pech sovishini kuting.

Kameraning yuqori qismini tozalaganda pechni 45° pastga qaratib tozalash

qulaydir. (Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar

uchun)

MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH

Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir nechta oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni ishlatish mumkin emas:

Halqalari singan bo'lsa

Zichlagich yemirilgan bo'lsa

• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa

Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa yoki sizni uning holati shubhalantirsa:

Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying

Yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling

Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi bo'lsangiz, unda quruq va changsiz joyni tanlang.

Sababi : Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Bu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallanmagan.

01 XAVFSIZLIK TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR

O’zbek - 7

ME83KRQW-1_BW_DE68-04285B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 7

2017-02-01 ￿￿ 12:36:23

Page 115
Image 115
Samsung ME83KRQW-3/BW, ME83KRQS-2/BW, ME83KRQS-1/BW, ME83MRTQS/BW Qulaydir. Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar Uchun