Samsung CE107MNR-B/BWT Pechdan foydalanish, Anjomlar, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili

Models: CE107MNR-B/BWT CE107MNSTR/BWT

1 176
Download 176 pages 28.66 Kb
Page 145
Image 145

ANJOMLAR

Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta aksessuarlar kiradi, ular turli shaklda qo'llanilishi mumkin.

1. Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.

Vazifasi: Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.

2.Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.

Vazifasi: Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan chiqarib olish va yuvish mumkin.

3.Baland taglik va past taglik, aylanuvchi patnisga o'rnatiladi.

Vazifasi: Metall tagliklardan bir vaqtda ikki xil taomni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Kichkina idish aylanuvchi patnisga va ikkinchi idish taglikka joylashtirilishi mumkin.

Metall tagliklardan gril, konveksiya rejimlarida va taom tayyorlashning birgalikdagi rejimida foydalanish mumkin.

4.Qizartiruvchi idish, 28-betga qarang.

Vazifasi: Qizartiruvchi idishdan mikroto'lqin yoki birgalikda tayyorlash rejimlarida taomni yaxshiroq qizartirish uchun foydalaniladi. U qandolatchilik mahsulotlari va pitstsada qisirdoqlarning hosil bo'lishiga yordam beradi.

5. Toza suv idishi, 28-betga qarang.

Maqsad: Suv idishidan tozalash uchun foydalanish mumkin.

pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish

Isitish

Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga davom

ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

Mahsulotlarning miqdori va zichligi

Ularning tarkibidagi suvning miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.

Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.

PECH03 XUSUSIYATLARI

O'zbek - 13

CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-02_RU+UK+KK+UZ.indb 13

2017-02-01 ￿￿ 11:50:12

Page 145
Image 145
Samsung CE107MNR-B/BWT, CE107MNSTR/BWT manual Pechdan foydalanish, Anjomlar, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili