Guruch va makaron mahsulotlarini tayyorlash bo'yicha qo'llanma

Guruch:

Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning -

 

tayyorlash jarayonida guruchning hajmi ikki marta ortadi. Qopqoq yopilgan

 

holda tayyorlang. Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan kutishdan avval

 

guruchni aralashtiring va tuz yoki o'tlar va yog' qo'shing.

Izoh: tayyorlash nihoyasiga yetganda guruch hamma suvni shimmagan bo'lishi mumkin.

Makaron mahsulotlari: Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning. Qaynoq suv, bir chimdim tuz qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopmagan holda tayyorlang. Tayyorlash vaqtida va u nihoyasiga yetishi bilan taomni aralashtirib turing. Kutib turish vaqtida qopqoq bilan yoping va dasturxonga tortishdan avval suvini qoldirmasdan to'kib tashlang.

Oziq-ovqat

Porsiya

Power (Quvvat)

Vaqt (daq.)

Oq guruch

250 g

900 Vt

15-16

(bug'langan)

375 g

 

17½-18½

 

Ko'rsatmalar

 

 

 

Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing. 5 daqiqa ushlab turgandan keyin

 

dasturxonga torting.

 

 

Jigarrang guruch

250 g

900 Vt

20-21

(bug'langan)

375 g

 

22-23

 

Ko'rsatmalar

 

 

 

Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing. 5 daqiqa ushlab turgandan keyin

 

dasturxonga torting.

 

 

Guruch

250 g

900 Vt

16-17

aralashmasi

Ko'rsatmalar

 

 

(guruch +

500 ml sovuq suv qo'shing. 5 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga

yovvoyi guruch)

torting.

 

 

Aralash bo'tqa

250 g

900 Vt

17-18

(guruch +

Ko'rsatmalar

 

 

boshoqli o'tlar)

400 ml sovuq suv qo'shing. 5 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga

 

torting.

 

 

Makaron

250 g

900 Vt

10-11

Ko'rsatmalar

1 000 ml issiq suv qo'shing. 5 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga torting.

TAOMNI ISITISH

Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin. Keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo'lgan xona haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo'lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.

Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling - ularni uzoq vaqt isitishga to'g'ri keladi va chetlari haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.

Quvvat darajalari va aralashtirish

Ayrim mahsulotlarni 900 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi. Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini isitish qulay (masalan, shirin piroglar). Eng yaxshi natijalarga ega bo'lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida ag'daring. Iloji bo'lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom buzilishi mumkin). Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish ma'qulroqdir.

Isitish va kutish vaqti

Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning. Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring. Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.

Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya qilinmagan bo'lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi. Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot choralari" bo'limiga qarang.

SUYUQLIKLARNI ISITISH

Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqliklarning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring.

06TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

O'zbek - 35

CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-02_RU+UK+KK+UZ.indb 35

2017-02-01 ￿￿ 11:50:16

Page 167
Image 167
Samsung CE107MNR-B/BWT, CE107MNSTR/BWT manual Taomni Isitish, Suyuqliklarni Isitish, Guruch