Samsung CE107MNR-B/BWT manual Konveksiya, Gril Rejimida Tayyorlash, Aksessuarlarni Tanlash

Models: CE107MNR-B/BWT CE107MNSTR/BWT

1 176
Download 176 pages 28.66 Kb
Page 161
Image 161

KONVEKSIYA

Konveksiya rejimida taomni oddiy isitgichdagi kabi tayyorlash mumkin. Bunda mikroto'lqin rejimidan foydalanilmaydi. Siz 40 °C dan 200 °C gacha bo'lgan diapazondagi talab qilingan haroratni o'rnatishingiz mumkin. Maksimal tayyorlash vaqti 60 daqiqa.

Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

Agar pastki taglikdan foydalansangiz, qizargan po'stga ega bo'lgan holda eng yaxshi tayyorlangan taomni olasiz.

Qizdiruvchi elementning gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Eshikchani oching va qabul qiluvchini past taglikka qo'ying va aylanuvchi patnisni o'rnating.

1.Конвекция (Konveksiya) tugmasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish

qilinadi:

(konveksiya rejimi) 180 °C (harorat)

2.Haroratni qo'yish uchun Doiraviy shkalani burang.

(Harorat : 40~200 °C, 10 °C oraliq)

5 soniya ichida haroratni qo'ymasangiz, avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

3.Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

4.Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali

tayyorlash vaqtini o'rnating.

(Agar pechni avvaldan qizdirib olmoqchi bo'lsangiz, quyidagini tanlang “ : 0”)

5.СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

Natija: Tayyorlash boshlanadi:

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)"

4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi.

Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

Agar pastki taglikdan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.

1. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo'ying.

2.Гриль (Gril) tugmasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: (gril rejimi)

Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

3. Doiraviy shkalani buragan holda gril vaqtini o'rnating.

• Grilda tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4.СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

Natija: Grilda tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

AKSESSUARLARNI TANLASH

An'anaviy konveksiya rejimida tayyorlash oshxona anjomlarini talab qilmaydi. Biroq siz oddiy isitish shkafida foydalaniladigan oshxona anjomlaridan foydalanishingiz kerak.

Mikroto'lqinli rejimda foydalanish uchun mo'ljallangan idishlardan odatda konveksiya rejimida foydalanib bo'lmaydi; plastik konteynerlar, idishlar, qog'oz kosachalar, sochiqlar kabilardan foydalanmang.

Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (mikroto'lqinlar va grill yoki konveksiya) tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning.

Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 32-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.

04PECHDAN FOYDALANISH

O'zbek - 29

CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-02_RU+UK+KK+UZ.indb 29

2017-02-01 ￿￿ 11:50:15

Page 161
Image 161
Samsung CE107MNR-B/BWT manual Gril Rejimida Tayyorlash, Aksessuarlarni Tanlash, Конвекция Konveksiya tugmasini bosing