MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki ular qattiq qizdiriladi. Agar yuqori taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq darajada mos bo'lgan taglikka joylashtiring. Taglikni aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

1. Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing. Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb - 1 (Mikroto'lqin + Gril)

2.Displeyda Cb-1 ko'rsatilgunicha Doiraviy shkalani burang, keyin Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

 

(mikroto'lqin va grildan birgalikda

 

foydalanish rejimi)

600 Vt

(ishlab chiqilayotgan quvvat)

3.Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300 Vt) namoyish qilinmagunicha

Doiraviy shkalani buragan holda tegishli quvvat darajasini tanlang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

• Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

5 soniya ichida haroratni qo'ymasangiz, avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

4. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

5.СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

Natija:

Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

MIKROTO'LQINLAR VA KONVEKSIYADAN

BIRGALIKDA FOYDALANISH

Tayyorlashning birgalikdagi rejimida mikroto'lqinlar quvvatlaridan ham, konveksion issiqlikdan ham foydalaniladi. Bunda avvaldan isitib olish talab qilinmaydi, chunki mikroto'lqinlar quvvati darhol ishga tushadi.

Birgalikdagi rejimda ko'pgina mahsulotlarni tayyorlash mumkin, jumladan:

Qovurilgan g'osht va tovuq

Piroglar va tortlar

Tuxumli va pishloqli taomlar

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki ular qattiq qizdiriladi. Agar quyi taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni aylanuvchi patnisga yoki patnis o'rnatiladigan pastki taglikka joylashtiring. Eshikchani yoping. Isitish elementi gorizontal holatda bo'lishi kerak.

1. Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing. Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb - 1 (Mikroto'lqin + Gril)

2. Displeyda Cb-2 (Mikroto'lqin + Konveksiya) ko'rsatilgunicha Doiraviy shkalani burang, keyin Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

O'zbek - 30

CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-02_RU+UK+KK+UZ.indb 30

2017-02-01 ￿￿ 11:50:15

Page 162
Image 162
Samsung CE107MNSTR/BWT, CE107MNR-B/BWT manual Mikrotolqinlar VA Grildan Birgalikda Foydalanish