PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Amin bo'lmasangiz, 42-sahifadagi "Nosozliklarni bartaraf etish" bo'limiga qarang.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.

СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing va СТАРТ/+30сек (START/+30son)tugmasini kerakli marta bosgan holda 4 yoki 5 daqiqaga bo'lgan vaqtni o'rnating.

Natija: Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.

VAQTNI BELGILASH

Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi.

Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda

Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni unutmang.

1. Годинник (Soat) tugmasini bosing.

2. Vaqtni ko'rsatish turini qo'yish uchun Doiraviy shkalani aylantiring. (12 s yoki 24 s)

O'zbek - 14

CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-02_RU+UK+KK+UZ.indb 14

3.Sozlashni tugallash uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

4.Soatni qo'yish uchun Doiraviy shkalani aylantiring.

5.Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

6.Daqiqani qo'yish uchun Doiraviy shkalani aylantiring.

7.To'g'ri vaqt ko'rsatilgach, soat ishlay boshlashi uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

Natija: Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt ko'rsatiladi.

2017-02-01 ￿￿ 11:50:12

Page 146
Image 146
Samsung CE107MNSTR/BWT manual Pechning Togri Ishlashini Tekshirish, Vaqtni Belgilash, Годинник Soat tugmasini bosing