Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Zaryadlash qurilmasining musbat va manfiy uzatgichlarini bir-biriga ulamang

Bunday qilish yong‘inni keltirib chiqarishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida foydalanmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning

Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda, Samsung qurilma foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingizda olib yurmang

Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u portlashi yoki yonib ketishi mumkin.

Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi mumkin.

Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va zararlamang

O'zbek