Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig‘ida bo‘lgan joylarda foydalanish mumkin. Qurilmani -20 °C dan 50 °C oralig‘idagi haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan diapazondan tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi mumkin

Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

Batareya harorati 0 °C dan 45 °C oralig‘ida bo‘lgan joylarda alohida saqlanishi mumkin.

Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall buyumlar bilan birga saqlamang

Qurilmangizning ustki qismi qirilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda, yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.

Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang

Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati yo‘qotilishi mumkin.

Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi ilovalardan foydalanmay turing

Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang

Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi mumkin.

O'zbek