Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya qilish qoidalari

(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan)

Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu belgi shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim. Belgi

qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya tarkibida simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori EC Direktiv 2006/66 darajalaridan yuqoriligini bildiradi. Agar batareyalar noto‘g‘ri utilizatsiya qilinsa, ushbu moddalar inson sog‘ligiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin.

Tabiiy resurslarni himoya qilish va materiallarning takroran ishlatilishini ta’minlash uchun batareyani boshqa turdagi chiqindilardan ajrating va ularni mahalliy batareyalarni qaytarish tizimi orqali utilizatsiya qiling.

Rad etish

Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/ yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan. Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda, agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa, quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.

O'zbek