AKSESSUARLAR
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta aksessuarlar kiradi, ular turli shaklda qo'llanilishi mumkin.
1.Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.
Vazifasi: Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.
2.Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.
Vazifasi: Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan chiqarib olish va yuvish mumkin.
3.Baland taglik va past taglik aylanuvchi patnisga o'rnatiladi.
Vazifasi: Metall tagliklardan bir vaqtda ikki xil taomni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Kichkina idish aylanuvchi patnisga va ikkinchi idish taglikka joylashtirilishi mumkin. Metall tagliklardan gril, konveksiya rejimlarida va taom tayyorlashning birgalikdagi rejimida foydalanish mumkin.
4.Qizartiruvchi idish, 32-betga qarang.
Vazifasi: Qizartiruvchi idishdan mikroto'lqin yoki birgalikda tayyorlash rejimlarida taomni yaxshiroq qizartirish uchun foydalaniladi. U qandolatchilik mahsulotlari va pitstsada qisirdoqlarning hosil bo'lishiga yordam beradi.
pechdan foydalanish
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•Muzdan tushirish
•Isitish
•Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot
ichida tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:
•Mahsulotlarning miqdori va zichligi
•Ularning tarkibidagi suvning miqdori
•Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
•Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
•Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
03 PECH XUSUSIYATLARI