
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda pechning ishlashi to'g'risida shubhalar bo'lsa,
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.
Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing va СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini kerakli marta bosgan holda 4 yoki 5 daqiqaga bo'lgan vaqtni o'rnating.
Natija: Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.
VAQTNI BELGILASH
Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi.
Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:
•Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
•Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin
Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni unutmang.
1. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
2. Vaqtni namoyish qilish turini o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burang. (12H yoki 24H)
3. O'rnatishni tugallash uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
4. Soatni o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burang.
5. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
6. Daqiqani o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burang.
7. Displeyda to'g'ri vaqt namoyish qilinganda soat ishlay boshlashi uchun yana Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing. Natija: Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt
ko'rsatiladi.
TAOM TAYYORLASH/ISITISH
Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Eshikchani yoping. Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.
1. СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: (mikroto'lqin rejimi)
2.Tegishli quvvat darajasi namoyish qilingunicha Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burang.
Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
•Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.
3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.
Natija: Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.