QIZARTIRUVCHI IDISHDAN FOYDALANISH

Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, balki qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq va qizargan holda bo'ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha taomlar jadvalda keltirilgan (keyingi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan yana bekon, tuxumlar, sosiskalar kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.

1.Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis ustiga

joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga amal qilgan holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan birgalikda foydalanishning eng yuqori quvvati [600 Vt + Gril] bilan avvaldan isitib oling.

2.Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan

bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi idishni yog'lang.

3.Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.

4. Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga (yoki aylanuvchi patnisga) joylashtiring.

5. Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang. (Yon tomondagi jadvalga qarang)

Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.

Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Qizartiruvchi idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan foydalanmang.

Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.

Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga joylashtirmang.

Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.

Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab qo'yishi mumkin.

Iltimos, qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.

KONVEKSIYA

Konveksiya rejimida taomni oddiy isitgichdagi kabi tayyorlash mumkin. Bunda mikroto'lqin rejimidan foydalanilmaydi. Siz 40 °C dan 200 °C gacha bo'lgan diapazondagi talab qilingan haroratni o'rnatishingiz mumkin. Maksimal tayyorlash vaqti 60 daqiqa.

Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

Agar pastki taglikdan foydalansangiz, qizargan po'stga ega bo'lgan holda eng yaxshi tayyorlangan taomni olasiz.

Qizdiruvchi elementning gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Eshikchani oching va qabul qiluvchini past taglikka qo'ying va aylanuvchi patnisni o'rnating.

1. Конвекция (Konveksiya) tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

 

 

(konveksiya rejimi)

 

180 °C

(harorat)

2. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda haroratni o'rnating.

(Harorat: 40~200 °C, 10 °C oraliq)

Agar siz 5 soniya ichida haroratni o'rnatmasangiz, avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

4. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali tayyorlash vaqtini o'rnating.

(Agar pechni avvaldan qizdirib olmoqchi bo'lsangiz, quyidagini tanlang “ : 0”)

5. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing. Natija: Tayyorlash boshlanadi:

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

O'zbek - 32

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-03_RU+UK+KK+UZ.indb 32

2017-02-01 ￿￿ 11:46:12

Page 176
Image 176
Samsung MC28H5135CK/BW manual Qizartiruvchi Idishdan Foydalanish, Конвекция Konveksiya tugmasini bosing Natija