
FOYDALI MASLAHATLAR
SARIYOG'NI ERITISH
50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Yog' erigunicha 900 Vt quvvatda
SHOKOLADNI ERITISH
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda
Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH
20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha 300 Vt quvvatda
JELATINNI ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eritgandan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 900 Vt quvvatdan foydalanib 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 900 Vt quvvatda
Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
PUDING TAYYORLASH
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 900 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan
7,5 daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH
30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring.
Bodomni pechda
nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga harakat qiling.
Bu oddiy holat.
•Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
•Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
•Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
•Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasi bosilganda pech ishga tushmayapti.
•Eshikcha to'liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.
•Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va/yoki СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosdingizmi?
•Eshikcha yopilganmi?
•Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
•Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
•Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Chiroq ishlamayapti.
•Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
•Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.
•Xalaqitlar pech mikroposessori tomonidan aniqlangan hollarda displey qayta o'rnatilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnurini rozetkadan uzing va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.
Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.
•Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?
•Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?
•Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?
07 NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH VA TEXNIK XUSUSIYATLAR