GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi.

Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

Agar pastki taglikdan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.

1. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo'ying.

2.Grill (Gril) tugmasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: (gril rejimi)

Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

grilda tayyorlash vaqtini o'rnating.

• Grilda tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4.СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija: Grilda tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

AKSESSUARLARNI TANLASH

An'anaviy konveksiya rejimida tayyorlash oshxona anjomlarini talab qilmaydi. Biroq siz oddiy isitish shkafida foydalaniladigan oshxona anjomlaridan foydalanishingiz kerak.

Mikroto'lqinli rejimda foydalanish uchun mo'ljallangan idishlardan odatda konveksiya rejimida foydalanib bo'lmaydi; plastik konteynerlar, idishlar, qog'oz kosachalar, sochiqlar kabilardan foydalanmang.

Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (mikroto'lqinlar va grill yoki konveksiya) tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning.

Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 35-36-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.

MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki ular qattiq qizdiriladi. Agar yuqori taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq darajada mos bo'lgan taglikka joylashtiring. Taglikni aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

1. Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing. Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb-1 (Mikroto'lqin + Gril)

2.Displeyda Cb-1 ni ko'rsating va keyin Funksiyalarni tanlash

doiraviy shkalasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(mikroto'lqin va grildan birgalikda foydalanish rejimi) 600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)

3.Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300 Vt) namoyish qilinmagunicha

Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda tegishli

quvvat darajasini tanlang. Shu vaqtda quvvat darajasini o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

4. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

• Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

5.СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

• Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.

Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

04PECHDAN FOYDALANISH

O'zbek - 33

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-03_RU+UK+KK+UZ.indb 33

2017-02-01 ￿￿ 11:46:13

Page 177
Image 177
Samsung MC28H5135CK/BW Gril Rejimida Tayyorlash, Aksessuarlarni Tanlash, Mikrotolqinlar VA Grildan Birgalikda Foydalanish