2.Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli suvda ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun limon sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying va o’n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4.Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada

yuvish mumkin.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo’l qo’ymang. HECH QACHON abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:

• ularda to’planib qolmasligiga;

va eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor qarating.

Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, Kuyishning oldini olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

Pechning yuqori ichki qismlarini tozalashda qizdirish elementini 45° ga

pastga burish va keyin tozalash tavsiya etiladi.

(Faqat buriluvchi qizdiruvchili modellar bilan)

7

MIKROTO’LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA’MIRLASH

Mikroto’lqinli pechni o’rnatishda va unga xizmat ko’rsatishda bir nechta oddiy ehtiyot choralari ko’rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo’lsa, uni ishlatish mumkin emas.

Halqalari singan bo’lsa

Zichlagich yemirilgan bo’lsa

Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo’lsa

Pechni ta’mirlash ishlari faqat mikroto’lqinli pechlar bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

Pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar pech nosoz bo’lsa va uni ta’mirlash talab qilinsa, yoki sizni uning holati shubhalantirsa, quyidagi harakatlarni bajaring.

Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo’ying

Yaqinda joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling

Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo’ymoqchi bo’lsangiz, unda quruq va changsiz joyni tanlang.

Sababi: Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

O'ZBEK

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 7

2/29/2016 1:51:06 PM

Page 133
Image 133
Samsung MG23F301TAW/BW, MG23F302TCS/BW, MG23F302TAS/BW, MG23F301TCW/BW manual Yuvish mumkin, Ularda to’planib qolmasligiga