O'ZBEK

ELEKTROMAGNIT NURLANISH TA'SIRINI OLDINI OLISH UCHUN EHTIYOT CHORALARI (FAQAT MIKROTO'LQINLI PECH FUNKTSIYALARI UCHUN).

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik elektromagnit nurlarning organizmingizga zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.

(a)Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni yoqmang, blokirovka qiluvchi fiksatorlarni buzmang yoki blokirovka qiluvchi fiksatorlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b)Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni qo’ymang, zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho’kindilari to’planishiga yo’l qo’ymang. Pechdan foydalangandan so’ng, eshikcha va

uning zichlovchi yuzasini oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.

(c)Nosoz pechdan foydalanmang. Pechni faqat ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan tai'mirlanganidan keyin ishlatish mumkin. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani ta'minlash juda muhim:

(1) Eshikcha (bukilmagan bo'lishi kerak);

(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo’shashgan bo’lmasligi kerak);

(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar.

(d)Pechni sozlash yoki ta’mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

Samsung kompaniyasi aksessuarlarni o'zgartirish yoki kosmetik nuqsonlarni yo'q qilish uchun haq oladi agar jihozning bunday shikastlanishi va/yoki aksessuarning yo'qotilishi sotib oluvchining aybi bilan amalga oshsa. Yuqoridagi shart ta'sir qilmaydigan narsalar.

(a)G'udurlar, qirmalar, yoki shikastlanish alomatlari bo'lgan eshikcha, dasta, tashqi panel yoki boshqaruv paneli.

(b)Singan yoki yo'qotilgan patnis, rolik yo'naltiruchisi, mufta, yoki kabellar bloki.

Jihozdan ushbu yo'riqnomadagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda faqat aytilgan maqsadlarda foydalaning. Aytilgan ogohlantirishlar va xavfsizlik texnikasi bo'yicha muhim ko'rsatmalar to'la emasdir. Qurilmani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi kerak.

10

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi uchun mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki quyidagi saytdagi ma’lumotlar qidiruvidan foydalaning: www.samsung.com.

Ushbu mikroto’lqinli pech taomlarni isitish uchun mo’ljallangan. Va faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan. Kuyib qolish va yonib ketishning oldini olish uchun donlar bilan to’ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto’g’ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH (ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 10

2/29/2016 1:51:11 PM

Page 136
Image 136
Samsung MG23F302TAS/BW, MG23F302TCS/BW, MG23F301TCW/BW, MG23F301TAW/BW MG23F301TCWBWDE68-04178J-05UZ.indd 29/2016 15111 PM