Ushbu elektr jihozi faqat uyda ishlatish uchun mo'ljallangan.

OGOHLANTIRISH. Bolalar faqat tegishli ko'rsatmalar olgan, xavfsiz tarzda foydalanishni bilgan va u bilan noto’g’ri muomala qilishning xavfli ekanligini anglab yetgan hollardagina pechdan kattalarning nazoratisiz foydalanishlari mumkin.

OGOHLANTIRISH. Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu qurilmani o'ynamasliklari kerak. Tozalash va mustaqil texnik xizmat 8 yoshdan kichik bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak. Sakkiz yoshdan kichik bolalar ota-onalar nazorati ostida tozalashi ruhsat etiladi.

Faqat mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkin bo’lgan anjomlardan foydalaning.

Plastik yoki qog’oz konteynerdagi taomlarni isitganda

pechni kuzatib turing, chunki yong’in chiqish xavfi mavjud.

Mikroto’lqinli pech taom va ichimliklarni isitish uchun mo'ljallangan. Oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimni quritish, shuningdek isitgich, uy shippaklari, gubka, nam lattalar va boshqalarni qizitish shikastlanishga, yong'inga olib kelishi mumkin.

Tutun paydo bo’lganda qurilmani o’chiring yoki uni elektr tarmog'idan uzing va olovni ushlab turish uchun eshikni yopiq holda qoldiring.

OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday sig’imlar bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak.

OGOHLANTIRISH. Kuyishning oldini olish uchun ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish kerak, hamda iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.

Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin.

Pechni muntazam ravishda tozalab turish hamda uning ichidagi taom qoldiqlarini olib tashlash kerak.

O'ZBEK

3

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 3

2/29/2016 1:51:05 PM

Page 129
Image 129
Samsung MG23F302TAK/BW, MG23F302TCS/BW, MG23F302TAS/BW manual Ushbu elektr jihozi faqat uyda ishlatish uchun moljallangan