Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.

OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig’imlar bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni ALBATTA aralashtiring. Kuyish sodir bo’lganda, BIRINCHI YORDAM ko’rsatish bo’yicha quyidagi harakatlarni bajaring.

Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.

Toza quruq quruq lattani bog’lang.

Hech qanday kremlar, moylar yoki los’onlar surtmang.

Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang, chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning. Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG. O’ralgan o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling.

Sabab: elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan foydalanmang.

Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.

Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l qo'ymang va kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.

Xom tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin. Germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun yong’oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.

Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib qolishi mumkin. Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.

Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda albatta oshxona qo’lqoplardan foydalaning.

Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20 soniya davomida eshikchani ochmang.

Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.

Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o’chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto’lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.

Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan masofani ta’minlash kerak "Mikroto’lqinli pechni o’rnatish").

Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

9

O'ZBEK

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 9

 

 

2/29/2016 1:51:11 PM