O'ZBEK

Balki elektr tarmog’idagi yuklamani oshirib yuborgandirsizmi, va bu eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan bo’lishi mumkin?

Taom yaxshi pishmagan yoki haddan tashqari pishib ketgan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to’g’ri tanlanganmi?

Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Lampa ishlamayapti.

Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida lampani mustaqil ravishda almashtirmaslik kerak. Lampani malakali muhandis tomonidan almashtirilishi uchun sizga yaqin bo'lgan Samsung tomonidan ma'qullangan mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan aloqaga chiqing.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu normal holat. Ushbu muammoni hal etish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o’rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo’lsa, unda displeydagi ko’rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Balki metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?

Balki pechda vilka yoki boshqa metall predmetni qoldirmagandirsiz?

Balki alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turgandir?

Birinchi marta yonganda tutun va yoqimsiz hid.

Yangi komponentlarni qizitish sababli vaqtinchalik holatdir. Tutun va yoqimsiz hid.10 daqiqa ishlatilgandan keying yo'qoladi.

Hidni tezroq yo'qotish uchun pechga limon bo'lagini yoki limon sharbatini qo'ying.

Agar yuqoridagi ko’rsatmalar yordamida muammoni hal qilib bo’lmasa, SAMSUNG kompaniyasining mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha mahalliy markaziga murojaat qiling. Quyidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqing.

Model raqami va seriya raqami, odatda ular mikroto’lqinli pechning orqa panelida ko’rsatiladi.

Kafolat to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar

Vujudga kelgan muammoning batafsil bayoni

Keyin mahalliy diler yoki SAMSUNG kompaniyasining xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

XATO HAQIDA XABAR

"SE" xabari paydo bo'ladi.

"SE" xabari tugmalarni tozalash va tugmalar atrofida suv yo'qligini tekshirish kerakligini anglatadi. Mikroto’lqinli pechni o'chiring va sozlashni takrorlang. SAMSUNG mijozlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha mahalliy markaziga murojaat qiling.

TEXNIK XARAKTERISTIKALARI

SAMSUNG kompaniyasi o’z mahsulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Qurilmaning texnik xarakteristikalari va mazkur Yo’riqnoma oldindan xabardor qilinmasdan o’zgartirilishi mumkin.

Model

MG23F301T**, MG23F302T**

 

 

Elektr toki manbai

230 Vt – 50 Gts

 

 

Iste’mol qilinadigan quvvat

 

Mikroto’lqinli pech

1200 Vt

Gril

1100 Vt

Комбинированный режим (Birgalikdagi rejim)

2300 Vt

 

 

Ishlab chiqilayotgan quvvat

100 Vt / 800 Vt (IEC–705)

 

 

Ishchi chastotasi

2450 MGts

 

 

Magnetron

OM75P(31)

 

 

Sovutish usuli

Ventilyator dvigateli

 

 

O’lchamlari (K x B x G)

 

Tashqi

489 x 275 x 392 mm

Pechning ichki kamerasi

330 x 211 x 324 mm

 

 

Hajmi

23 litr

 

 

Og'irligi

 

Sof og'irligi

Taxminan 13 kg

 

 

40

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 40

 

 

2/29/2016 1:51:23 PM