O'ZBEK

Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo’ljallanmagan.

Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida lampani mustaqil ravishda almashtirmaslik kerak. Lampani malakali muhandis tomonidan almashtirilishini uchun sizga yaqin bo'lgan Samsung mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan aloqaga chiqing

OGOHLANTIRISH

Elektr jihozni har qanday o’zgartirish va ta’mirlash ishlari faqat malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.

Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini mikroto'lqinlar rejimida germetik yopilgan konteynerlarda isitmang.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.

Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar, namlik yoki changlanganlik darajasi yuqori bo’lgan xonalar, to’g’ridan-to’g’ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan hududlar va notekis sirtlarga o’rnatmang.

Qurilmani mahalliy yoki davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash kerak.

Chang va namni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joyini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.

Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang.

Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar) chiqish holatlari yuz berganda darhol xonani shamollating va elektr manbai vilkasiga ulash kabeliga tegmang.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.

8

Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzmang.

Qurilmaga barmoqlaringiz va begona buyumlarni qo’ymang. Agar qurilma ichiga suv yoki boshqa begona buyumlar kirib qolgan bo’lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Qurilmaga ortiqcha jismoniy ta’sir ko’rsatmasligi yoki urilmasligi kerak.

Pechni mo’rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha buyumlar ustiga qo'ymang

Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug’tozalagich yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.

Elektr tarmog’idagi kuchlanish, chastota va tok kuchi qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasining rozetkaga tiqilganligiga ishonch hosil qiling. Bir nechta rozetkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.

Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni buyumlar orasiga qo’ymang va pechning orqasi orqali o’tkazmang.

Shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan, shuningdek tarmoq rozetkasiga ulanmagan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Bevosita pechga suv sepmang.

Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo’ymang.

Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.

Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismlariga tegib ketishi mumkin.

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 8

2/29/2016 1:51:10 PM

Page 134
Image 134
Samsung MG23F302TAK/BW, MG23F302TCS/BW, MG23F302TAS/BW, MG23F301TCW/BW, MG23F301TAW/BW manual Ogohlantirish