O'ZBEK

Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o’xshash transport vositalariga o’rnatish uchun mo’ljallanmagan.

Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin.

Bolalarning qurilma bilan o'ynashlariga yo'l qo'ymang.

Xavfli vaziyatlarni oldini olish uchun shikastlangan kabelni almashtirish ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatish markazi xodimi yoki boshqa malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

OGOHLANTIRISH. Syuqliklar yoki boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik yopilgan konteynerlarda isitish mumkin emas, chunki ular portlab ketishi mumkin.

Ushbu elektr jihozini ingichka suv oqimi bilan tozalamash mumkin emas.

Ichki bo’shlig’i va boshqaruv sohasidan foydalanishning qulay bo’lishini ta’minlash uchun pechni to’g’ri holatda va tegishli balandlikda o’rnatish kerak.

Pechdan ilk marta foydalanishdan avval uning ichiga idishda suv qo’ying va uni 10 daqiqa davomida isiting.

Agar ishlaganda ushbu pech g'alati shovqinli tovushlar

paydo bo'lsa, kuygan hid yoki tutun chiqsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda o'rnatilishi kerak.

Mikroto’lqinli pech faqat avtonom o’rnatish uchun mo’ljallangan va uni shkafga joylashtirish mumkin emas.

OGOHLANTIRISH (faqat mikroto'lqinli pech funktsiyalari uchun) - qo'shimcha

OGOHLANTIRISH. Mikroto'lqinli pech birgalikda tayyorlash rejimda ishlayotganida, baland harorat sababli bolalar pechni faqat kattalar nazorati ostida ishlatishi lozim.

4

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-05_UZ.indd 4

2/29/2016 1:51:05 PM

Page 130
Image 130
Samsung MG23F302TCS/BW, MG23F302TAS/BW, MG23F301TCW/BW, MG23F301TAW/BW Bolalarning qurilma bilan oynashlariga yol qoymang