O‘rnatiladigan joy

Xizmat ko‘rsatish

Tozalash

yuqoridan 20 sm

orqadan 10 sm

 

 

yon tomondan

poldan 85 sm

10 sm

Poldan taxminan 85 sm balandlikdagi yassi, tekis yuzani tanlang. Yuza pechning og‘irligini ko‘tara olishi kerak.

Havo aylanishi uchun orqa devori va ikkala tomonidan kamida 10 sm, tepasidan kamida 20 sm joy qoldiring.

Pechni issiq yoki nam joyga, masalan, boshqa mikroto‘lqinli pechlar yoki radiatorlar yoniga o'rnatmang.

Pechning elektr ta’minotiga oid xarakteristikalariga rioya eting. Uzaytirgich ishlatish zarur bo‘lsa, faqat tasdiqdan o‘tganini ishlating.

Pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshik zichlagichini nam latta bilan arting.

Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli halqaga (mavjud modellardagina) e’tibor bering.

Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.

Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun

1.Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying.

2.Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.

3.Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini tozalang.

Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash

Xizmat

Aylanuvchi patnis

Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib oling. Rolikli halqa va aylanuvchi patnisni o'rnating. Aylanuvchi patnis bemalol aylanishini tekshiring.

Pishirish kamerasining yuqori qismini tozalash uchun yuqoridagi isitish elementini ko‘rsatilganidek qilib 45° pasaytiring. Shunda tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab bo‘lgach, isitish elementini joyiga qaytaring.

DIQQAT

Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin bo‘ling. Aks holda pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.

Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.

Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.

Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang.

O'zbek  9

ko‘rsatish

MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 9

2017-02-01 ￿￿ 2:21:53

Page 201
Image 201
Samsung MC32K7055CT/BW, MC32K7055CK/BW manual Xizmat ko‘rsatish, ‘rnatiladigan joy, Tozalash, Aylanuvchi patnis