Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin

Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang

Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi mumkin.

Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang

Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.

Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling

Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.

Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.

Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.

O'zbek